Har bir filialimizda mahsulotlarning keng assortimenti namoyish etilgan va menejerlar Sizga mos buyumni tanlashga bajonidilyordam berishadi.
Yoʼq, shourumlar har kuni, tanaffussiz ishlaydi. Bizning shourumlarga oʼzingizga qulay paytda tashrif buyurishingiz mumkin.
(qoʼngʼiroq qiluvchi qaysi viloyatdan ekanini aniqlash lozim, chunki taʼmirlash xizmati faqatgina Toshkentda mavjud) Ha, bizda Fonon zavodida ishlab chiqarilgan buyumlarni tuzatish va tozalash boʼyicha servis xizmati koʼrsatiladi. Tozalash xizmati Fonon mijozlari uchun bepul ko’rsatiladi. Bizning mutaxassis zargarlar zargarlik buyumingizni tekshirib, Sizga aniq maslahat beradi. Ta’mirlash narxi, muammoning murakkabligiga qarab belgilanadi.. Siz zavodda joylashgan do’konimizga o’zingizga qulay vaqtda tashrif buyurishingiz mumkin. Servis ish vaqti: Dush-Juma (09:00-18:00), Shanba (09:00-17:00).
Аgar qoʼngʼiroq qiluvchi boshqa viloyatdan boʼlsa, javob quyidagicha: Dillerga yo’naltiramiz, chunki ularning hammasida ham servis mavjud emas. Dillerning o’zi mijozga tavsiya beradi.
FONON ning rasmiy shourumlarida buyum narxlari bir xil belgilangan. Shourumlarni o’zingizga qulay vaqtda tashrif buyurishingiz mumkin, Biz esa Sizni bajonidil kutib olamiz!
Siz bizning saytimizda o’zingizga yoqqan zargarlik buymini tanlashingiz va ariza qoldirishingiz mumkin. Qisqa vaqt ichida bizning menejer Siz bilan bog’lanadi va detallarga aniqlik kiritadi, undan so’ng esa Biz mahsulotni Sizga qulay bo’lgan vaqtda yetkazib beramiz.
AQSh o’lchami | Ichki aylana (mm) |
---|---|
3 | 44.2 |
3.5 | 45.5 |
4 | 46.8 |
4.5 | 48.0 |
5 | 49.3 |
5.5 | 50.6 |
6 | 51.9 |
6.5 | 53.1 |
7 | 54.4 |
AQSh o’lchami | Ichki aylana (mm) |
---|---|
3 | 44.2 |
3.5 | 45.5 |
4 | 46.8 |
4.5 | 48.0 |
5 | 49.3 |
5.5 | 50.6 |
6 | 51.9 |
6.5 | 53.1 |
7 | 54.4 |
AQSh o’lchami | Ichki aylana (mm) |
---|---|
3 | 44.2 |
3.5 | 45.5 |
4 | 46.8 |
4.5 | 48.0 |
5 | 49.3 |
5.5 | 50.6 |
6 | 51.9 |
6.5 | 53.1 |
7 | 54.4 |
Fononda, shaxsiy uslubingiz va orzularingizni aks ettiruvchi zargarlik buyumlarini yaratish uchun sizga maxsus dizayn tajribasini taklif etamiz. Bizning maxsus dizayn xizmatimiz, zargarlik buyumlaringizni to'liq sizning istaklaringizga ko'ra shakllantirish imkonini beradi. Siz mavjud to'plamlarimizdan bir parchasini shaxsiylashtirishingiz yoki butunlay o'zingizga xos dizayn yaratishingiz mumkin. Orzuyingizdagi brilliantning kesilishidan, toshlarning o'rnatilishiga, metallarning tanlovigacha har bir detallarini siz bilan birga ishlaymiz.Fononning mohir ustalari, mukammal ishchilik va aniqlik bilan har bir mahsulotni qo'l mehnati bilan tayyorlab, faqat sizga xos zargarlik buyumini yaratadi. Shaxsiy ahamiyatga ega, maxsus kunlaringizni ramziy qiluvchi yoki shunchaki sizning estetik didingizga mos keladigan noyob dizayn orzularingizni ro'yobga chiqaradi. Dizayn jarayonidan ishlab chiqarish bosqichigacha har bir qadamda siz bilan birga bo'ladigan jamoamiz, zargarlik buyumingizni eng yuqori standartlarga mos ravishda sizga taqdim etishni maqsad qilgan.Orzuingizdagi zargarlik buyumini haqiqatga aylantirish uchun hoziroq biz bilan bog'laning va ushbu noyob sayohatga birga qadam qo'yaylik. O'z hikoyangizni aytuvchi, sizga xos bir maxsulot yaratish uchun Fononning hunarmandchilik merosini kashf eting!
Zargarlik buyumlaringiz yillar davomida porlashini va go'zalligini saqlab qolish uchun muntazam parvarish va e'tibor talab etadi. Qimmatbaho toshlar, oltin va marvaridlar uchun ba'zi muhim parvarish tavsiyalari:
Tozalash: Qimmatbaho toshlaringizni muntazam ravishda yumshoq mato va iliq sovunli suv bilan ehtiyotkorlik bilan tozalang. Qattiq cho'tkalar ishlatishdan saqlaning, chunki bu toshlarga zarar yetkazishi mumkin.
Himoya: Qimmatbaho toshlar, ayniqsa, zumrad kabi yumshoq toshlar, chizishga juda moyil. Zargarlik buyumlaringizni alohida alohida qutilarda yoki yumshoq matodan ishlangan xaltalarda saqlab, chizishlardan himoya qiling.
E'tibor berilishi kerak bo'lgan omillar: Kimyoviy moddalar (tozalash mahsulotlari, atirlarlar, soch spreylari) toshlarning porlashi va rangiga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun zargarlik buyumlaringizni kimyoviy moddalar bilan to'qnashmasligiga e'tibor bering.
Tozalash: Tilladan ishlangan zargarlik buyumlaringizni yaltirashi uchun yumshoq matolardan foydalaning. Muntazam ravishda iliq sovunli suv bilan tozalang va so'ng yumshoq cho'tka bilan yengil tozalab, chang va kirlarini olib tashlashga harakat qiling.
Chizishlardan saqlang: Oltin yumshoq metall bo'lib, osonlikcha chizilishi mumkin. Tilla buyumlaringizni saqlayotganda ularni bir-biridan alohida saqlashga e'tibor bering.
Kimyoviy moddalardan himoya qiling: Oltin zargarlik buyumlarini tozalayotganda abraziv tozalash vositalaridan saqlaning. Shuningdek, hovuz va dengizda xlor va tuzli suvdan zarar ko'rmasligi uchun bu joylarda zargarlik buyumlaringizni yechib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
YengilTozalash: Durlar juda nozikdir, shuning uchun tozalashda ehtiyot bo'lish kerak. Ularni yumshoq, nam mato bilan artish odatda yetarli hisoblanadi. Qattiq tozalagichlar va kimyoviy mahsulotlar durlarga zarar yetkazishi mumkin.
Saqlash: Durlar tabiiy ravishda yumshoq toshlar bo'lgani uchun, ularni chizilishdan himoya qilish maqsadida alohida quti yoki yumshoq matodan ishlangan xaltalarda saqlash tavsiya etiladi. Taqinchoq qutisi nam bo'lmasligiga e'tibor bering.
E'tibor berilishi kerak bo'lgan omillar: Durlaringizni uzoq vaqt davomida suvga solib qo'ymang. Shuningdek, atir, soch spreyi va makiyaj vositalari kabi kimyoviy moddalar durlarga zarar yetkazishi mumkin; shuning uchun bu mahsulotlarni qo'llagandan so'ng durlarni taqing.
Kundalik faoliyatlar davomida, ayniqsa, sport bilan shug'ullanayotganda, dush qabul qilayotganda yoki uy ishlarini bajarayotganda zargarlik buyumlaringizni yechib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
Zargarlik buyumlaringizni porloq saqlash uchun muntazam professional tozalash va parvarish xizmatlarini ko'rib chiqishingiz mumkin.
Zargarlik buyumlaringizni bir-biriga to'qnashmasligi va zarar yetkazmasligi uchun alohida bo'limli zargarlik qutilar yoki yumshoq matodan ishlangan xaltalardan foydalaning.
Ushbu parvarish maslahatlari bilan zargarlik buyumlaringizning go'zalligini va porlashini yillar davomida saqlashingiz mumkin. Fonon zargarlik buyumlaringizni qadrlab ishlating, biz esa ularning qiymatini saqlab qolishga yordam beramiz